Allomalar yurti boʻlmish Oʻzbekistonimizning bu yilgi manosib vorislari — “El-yurt umidi” jamgʻarmasi Vasiylik kengashining joriy yil 14 oktyabrdagi qaroriga asosan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida aniqlandi. Munosib qatnashgan va yuqori ball toʻplagan 411 nafar yosh “Jamgʻarma stipendiati” deb eʼtirof etildi.
2024 yil 1-ochiq stipendiya tanlovi natijasiga koʻra, stipendiatlarning 95 foizi Buyuk Britaniya, AQSH, Italiya, Avstraliya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlarida taʼlim olish imkoniga ega boʻldi. Ular dunyoning eng nufuzli TOP-300 talik universitetlari va ilmiy markazlarida taʼlim oladi. Ulardan namunaviy axloq-odob va oʻqishni faqat aʼlo baholarda yakunlash talab etiladi.
Qayd etish lozimki, 60 foizga yaqin yoshlar STEM (ilm-fan, texnologiya, injenerlik, matematika), IT (axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt), muhandislik va ishlab chiqarish, meditsina va farmatsevtika, arxitektura va dizayn kabi yoʻnalishlarda taʼlim olishni rejalashtirmoqda.
GUJUM.UZ