Aziz safdoshlarimizni kasb bayramimiz – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan GUJUM.UZ sayti nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Tanlov gʻolibi boʻlgan jurnalistlarga samimiylik ila, ezgu tilaklarimizni bildiramiz. Mashaqqatli va olijanob faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Mamlakatimiz Prezidenti Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yoʻllagan tabrigida jurnalistlarning mehnatini qadrlab shunday baho berdi: «Keyingi paytda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarida hayotimizdagi ijobiy oʻzgarishlar tahlili, sogʻlom tanqidiy ruh kuchayib borayotgani alohida eʼtiborga loyiq. Chunki bunday tendensiya islohotlarimiz samarasini oshirishga, jamoatchilik nazoratini, fuqarolarimizning ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, barcha darajadagi rahbar va mutasaddilarni el-yurt fikri bilan, zamon talablari bilan hisoblashgan holda ishlashga oʻrgatadi». Ana shunday ulugʻvor vazifalarni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshayotgan kasbdoshlarimizni yana bir bora tabriklab ijodiy parvozlar tilab qolamiz.
Quyida OʻzA saytida eʼlon qilingan bu yilgi tanlov gʻoliblari bilan tanishtiramiz. Ularga jurnalistika sohasidagi xizmatlarida yana bir bora ezguliklar, omadlar tilab qolamiz.
1. |
Abduraimova Norgul, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi sharhlovchisi |
Ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy hayotimizdagi oʻzgarishlar keng yoritilgan tahliliy turkum materiallari uchun |
2. |
Alimardonov Asliddin, “XXI asr” ijtimoiy-siyosiy gazetasi bosh muharririning birinchi oʻrinbosari |
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va siyosiy partiyalar faoliyatiga oid turkum materiallari uchun |
3. |
Yevstifeeva Yelena, “Poytaxt” radiosi muharriri |
Yangilanishlar jarayonining ijtimoiy ahamiyati haqida tayyorlangan turkum materiallari uchun |
4. |
Karimova Navbahor, “Oʻzbekiston 24” telekanali katta muharriri |
Islohotlar jarayonlari, mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan aloqalarini rivojlantirishga doir turkum koʻrsatuvlari uchun |
5. |
Nizayev Temur, “Pravda Vostoka” gazetasi boʻlim mudiri |
Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini hamda aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan tahliliy materiallari uchun |
6. |
Raxmatullayev Toshpoʻlat, “nuz.uz” saytining Samarqand viloyati muxbiri |
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini taʼminlash, aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan tahliliy materiallari uchun |
7. |
Toshmatov Azamatjon, “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari fotomuxbiri |
Mamlakatni modernizatsiyalash va yangilash jarayonlari hamda muhim ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar aks etgan fotomateriallari uchun |
8. |
Umarova Nargiza, “Yoshlar ovozi” gazetasi loyiha koordinatori
|
Jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlar tahliliy yoritilgan materiallari uchun |
9. |
Xusanova Gulnoza, «UzReport TV » telekanali muharriri |
Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidagi oʻrni va nufuzini yanada oshirish, xorijlik ekspertlarning yangilanish jarayonlari borasidagi qarashlari aks etgan turkum koʻrsatuv va intervyulari uchun |
10. |
Yakudayeva Goʻzal, Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokompaniyasi radiokanali katta muharriri |
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oʻzgarishlar jarayoni va Orol muammosini bartaraf etishga bagʻishlangan turkum eshittirishlari uchun |
“Yilning eng faol jurnalisti” tanlovi sovrindorlari |
||
1. |
Abduvaliyev Azizbek |
“daryo.uz” saytining Namangan viloyati muxbiri |
2. |
Avezov Amrullo |
“Ovozi tojik” gazetasining Buxoro viloyati boʻyicha muxbiri |
3. |
Ahmadaliyev Toʻlqin |
“Sirdarinskaya pravda” gazetasi boʻlim mudiri (Sirdaryo viloyati) |
4. |
Bayturayeva Guljamal |
“Nurliʼ jol” gazetasi katta muxbiri |
5. |
Levchenko Sergey |
“Narodnoye slovo” gazetasi boʻlim mudiri |
6. |
Mahmadaliyev Erkin |
“Termiz oqshomi” gazetasi muxbiri (Surxondaryo viloyati) |
7. |
Mirzaqulov Ravshan |
“Toshkent haqiqati” va “Tashkentskaya pravda” gazetalari fotomuxbiri |
8. |
Olimov Jahongir |
“Oʻzbekiston Elektron OAV Milliy assotsiatsiyasi “Zamon” axborot dasturi muharrir-boshlovchisi |
9. |
Sagdullayeva Dildora |
“Yoshlar” TRK katta muharriri |
10. |
Rahmonqulova Xolnisa |
“Jizzax haqiqati” gazetasi muxbiri |
11. |
Toʻxtamatov Shohsulton |
“Davr ovozi” gazetasi muxbiri (Fargʻona viloyati) |
12. |
Qosimov Xolboy |
“Bulungʻur hayoti” gazetasi muxbiri (Samarqand viloyati) |
13. |
Egamov Nuriddin |
“Barkamol avlod” gazetasi masʼul kotibi (Qashqadaryo viloyati) |
14.. |
Xoshimova Hilola |
“O‘zbekiston” radiokanali sharhlovchisi |
15. |
Yunusova Gulandom |
Navoiy viloyati TRK muharriri |