Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi

0
186
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida «Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi» koʻrik-tanlovining Respublika bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda Milliy kutubxona va uning tasarrufidagi viloyatlar, tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlarining 2-bosqich gʻoliblari boʻlgan  15 nafar mutaxassis ishtirok etdi. Axborot-kutubxona mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirish va rivojlantirish, ularning innovatsion faoliyati va ijodiy tashabbuslarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, ijobiy imidjini shakllantirish, ijtimoiy hamkorlik va sogʻlom raqobatni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan tanlovning respublika bosqichida ishtirokchilar 5 ta shart boʻyicha bellashdilar:  Kutubxonachilik kelajak kasbimi yoki …,  sohadagi muammoli masalalarni hal etish qobiliyati, badiiy asar bilimdoni,  sohaga taklif etiladigan startap loyihalar, psixologik imtihon.

Tanlov shartlari Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Milliy kutubxona rahbariyati tomonidan iborat tashkil etilgan xakamlar xayʼati tomonidan baholab borildi. Qiziqarli bahs va munozaralarga boy oʻtgan tanlov shartlarining yakuniy xulosalariga koʻra:
1-oʻrin — Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining Hududiy axborot — kutubxona markazlarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish xizmati mutaxassisi Gulnoza Kuliyevaga;
2-oʻrin — Andijon viloyati axborot-kutubxona mutaxassisi Shohida Shokirovaga;
3-oʻrin — Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tuman axborot-kutubxona mutaxassisi Elvira Valiyevaga nasib etdi.

Chunki bu ishtirokchilar oʻzlarining yangi innovatsion gʻoyalari bilan soxaga tadbiq etilishiga munosib deb topilganligi, kelajakda soxaning taraqqiyotiga oʻz xissasini qoʻshadi degan ioshonch bilan yuksak baxolandilar. Ularning  “BOOKTOTAL”, “Davlat va xususiy sherikchilikni rivojlantirish mexanizmlari”, “5 D — BOOKFILM” kabi yangi loyixalari taqdimoti tanlov ishtirokchilari va xakamlar xayʼatining olqishlariga sazovor boʻldi.

Tanlov gʻoliblarini Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xodjayev va Milliy kutubxona direktori Umida Teshabayeva diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlab, barcha kutubxona mutaxassislariga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Ayniqsa, barcha kutubxona xodimlariga yaratilgan katta imkoniyat — tanlov gʻoliblari kelasi yildan AOKA tomonidan belgilangan miqdorda har oy stipendiya bilan taʼminlanishi juda-juda quvonarli boʻldi.

 Hafiza Karimova, Toshkent shahar “Bilim” axborot kutubxona markazi direktori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.