YONGAN AVTOBUS ICHIDA EHTIMOLI BOR BOʻLGAN OʻZBEKISTON FUQAROLARINING ROʻYXATI EʼLON QILINDI

0
98
marta koʻrilgan.

FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazining maʼlumotiga asosan, 2018 yilning 19 yanvar kuni soat 22.23da “Toshkent-Sharqiy” aerodromiga, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy havo kuchlarining «IL-76» maxsus harbiy-transport samolyoti bortida, joriy yilning 18 yanvar kuni Qozoqiston Respublikasi Oqtoba viloyati “Chimkent-Samara” avtomobil yoʻlining 1068 kmda avtobusning yonishi natijasida halok boʻlgan 52 nafar Oʻzbekiston fuqarolarining jasadlari olib kelindi, deya xabar beriladi FVV rasmiy saytida.
Yongan avtobus ichida ehtimoli bor boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolarining roʻyxati ham berilgan. Fuqarolardan mazkur roʻyxatda keltirilgan shaxslar yoki avtobus ichida boʻlgan boshqa fuqarolar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlganlardan FVVning (+998 71) 147-10-50 va (+998 71) 212-67-00 “Tezkor raqamlari”ga qoʻngʻiroq qilish ham soʻraladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.