Yosh bokschilarimiz Ozarbayjonda oʻtkazilgan xalqaro musobaqada 8 ta oltin medalni qoʻlga kiritishdi

0
149
marta koʻrilgan.

24-27 may kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida “Geydar Aliyevning 96 yilligi“ga bagʻishlangan xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi.

Ushbu turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi murabbiylar Sherzod Abdurahmonov va Sirojiddin Adinayev qoʻl ostida 10 nafar bokschi bilan ishtirok etdi va yakunda yosh charm qoʻlqop ustalarimizning barchasi sovrindorlar qatoridan oʻrin oldi.

Eʼtiborli jihati musobaqa finalida ringga koʻtarilgan 8 nafar bokschimizning barchasi gʻalaba qozonib, Ozarbayjondan oltin medal bilan qaytadigan boʻlishdi.

Shu tariqa, Ozarbayjondagi musobaqada Humoyunmirzo Abdurasulov (-35,5 kg), Hojiakbar Mahmudov (-38,5 kg), Farrux Toʻlaganov (-40 kg), Jamoliddiin Xoliqov (-41,5 kg), Lazizbek Toʻlqinov (-50 kg), Dalerjon Bozorov (-52 kg), Jahongir Narziyev (-57 kg), Abdulaziz Abdurahmonov (-59 kg) oltin, Boburbek Bobojonov (-46 kg) va Jasurbek Moʻminov (-54 kg) bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Jismoniy tarbiya va Sport vazirligi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.