Ispaniyada boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatini yurtdoshlarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinda yakunlashdi.
Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
Gulsevar Gʻaniyeva, Baxtiyor Asadov, Javohir Ummataliyev, Fazliddin Erkinboyev va Toʻrabek Xabibullayev oltin medalga sazovor boʻlishdi.
Rahmatillo Boymatov, Aziza Zokirova hamda Oltinoy Sotimboyeva kumush medalni qoʻlga kiritishdi.
Xoʻjanazar Nortojiyev va Sahobat Husanova bronza medal sohibi boʻlishdi.
Yurtimiz sporti sharafini yuksaltirayotgan gʻoliblarni samimiy muborakbod etamiz.
gujum.uz