Italiyaning Follonika shahrida oʻsmirlar oʻrtasida Yevropa ochiq kubogi oʻtkazildi.
Mazkur turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi olti kishilik tarkib bilan ishtirok etdi.
Hamyurtlarimiz ichida -66kg vazn toifasida janglarda ishtirok etgan Jayhunbek Nazarov oltin, qizlar oʻrtasida -52 kg vazn toifasida qatnashgan Nilufar Ermagambetova esa kumush medal sohibiga aylandi.
Ushbu ikki medal Oʻzbekiston terma jamoasining turnirda umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishini taʼminladi.
Maʼlumot uchun, ushbu medallar shu yilning oktyabr oyida Argentinada oʻtkaziladigan oʻsmirlar olimpiadasiga yoʻllanma olish uchun yordam beradi.
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati