Yosh sportchi Alimardon Mahmudov ikki yoʻnalishda muvaffaqiyatga erishdi

0
215
marta koʻrilgan.

 Rossiyaning Yaroslavl shahrida  short-trek boʻyicha 22-24 noyabr kunlari oʻtkazilgan “Yosh yuguruvchi” xalqaro musobaqasida hamyurtimiz Alimardon Mahmudov ikki yoʻnalishda muvaffaqiyat qozondi.

Yosh sportchimiz dastlab 333 metr masofaga kechgan bahsda barcha raqiblarini ortda qoldirishga erishdi. Keyingi – 500 metrga kechgan yoʻnalishda ham tengsiz boʻldi. Shu tariqa, yosh short-trekchimiz ikki yoʻnalish gʻolibiga aylanib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.

Albatta, bu mamlakatimizda bolalar sportiga berilayotgan katta eʼtiborning samarasi, desak arziydi.

Suratda: Alimardon Mahmudov (oʻrtada)

J. SAʼDULLAYEV tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.