“Yosh vatandoshlar” festivali oldidan matbuot anjumani

0
354
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilayotgan 10-16-aprel kunlari boʻlib oʻtadigan “Yosh vatandoshlar” festivali oldidan 7 aprel kuni matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tadbirda festivalning maqsad- vazifalari  haqida batafsil maʼlumot berildi.

Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida davom etadigan mazkur festival yurtimizda ilk bor Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni zamonaviy Oʻzbekistonning boy madaniy merosi, urf-odat va anʼanalari bilan yaqindan tanishtirish, ularni amalga oshirilayotgan islohotlarga jalb qilish va tajribalaridan unumli foydalanish, investitsiya kiritishga targʻib qilish, shuningdek, yoshlar oʻrtasida oʻzaro muloqot muhitini yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.

Festivalda Amerika Qoʻshma Shtatlari, Rossiya, Yaponiya, Turkiya, Pokiston, Qirgʻiziston va Tojikiston kabi 18 dan ziyod  mamlakatlardan 70 nafar oʻzbekistonlik yoshlar tashrif buyurishi kutilmoqda. Anjumaanda toʻrt yuz nafar yoshlar ishtirok etib, jamiyatimiz hayoti va faoliyatining barcha sohalarida roʻy berayotgan oʻzgarishlarga guvoh boʻlib, oʻzaro tajriba almashish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

“Yosh vatandoshlar” festivali tadbirkorlik, turizmni rivojlantirish, ilm-fan va axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida ish olib boradi. Mazkur yoʻnalishlarda davra suhbatlari uyushtirilib, unda chet elda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan, ilmiy salohiyati yuksak boʻlgan yoshlar taqdimoti oʻtkaziladi, shuningdek, yuqori tajribaga ega boʻlgan davlat vakillari bilan fikr-mulohazalar almashishadi –deydi, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi oʻrinbosari Kamoliddin Beknazarov.

J. Saʼdullayev tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.