Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida islohotlar samaradorligini oshirish masalalari koʻrib chiqildi

0
85
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan amaliy uchrashuv oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

«Oʻzbekiston — 2030» strategiyasi doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi va ularning samaradorligini oshirish borasidagi navbatdagi qadamlar koʻrib chiqildi.

Strategiyani yurtimizda Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili deb eʼlon qilingan 2024 yilda amalga oshirishning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish, tadbirkorlik va xususiy mulk uchun keng imkoniyatlarni shakllantirish, fan, innovatsiyalar va IT sohasini rivojlantirish, «yashil» va raqamli texnologiyalarni joriy qilish kabi yoʻnalishlarda ichki zaxiralarni yanada samarali ishga solish va xorijiy hamkorlar bilan sheriklikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.