Yoshlarga eʼtibor – yurt kelajagiga eʼtibor!

0
115
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari oʻrtasida trening boʻlib oʻtdi. 

Ushbu fakultetda toʻrt ming talaba tahsil oladi. Ulugʻvor jamoada  turli hududlaridan kelgan, turfa qadriyatga ega  yoshlar boʻlishi tabiiy. Hammasining diliga yoʻl topib, yuqori saviyadagi taʼlim-tarbiya berish oson emas. Shuning uchun universitetda xotin-qizlar masalalari boʻyicha psixolog va yoshlar bilan yaqindan ish olib boruvchi tyutorlar faoliyat yuritadi.  

OʻzDJTU psixologi N.Sultonova tashabbusi bilan Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari oʻrtasida oʻtkazilgan tadbirda talabalar bilan ishlash jarayonida uchraydigan har xil vaziyatlarda qoʻllaniladigan usul va uslublar haqida maʼlumotlar berildi. Motivatsion psixologik mashgʻulot oʻtkazishda rasmli kartochkalardan foydalanildi.

Jarayon qiziqarli tarzda olib borilib, mavjud savollarga, muammolar yechimiga  psixolog tomonidan javob berildi.

gujum. uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.