Yoshlarga va ularni ishga qabul qilgan karxonalarga imtiyozlar

0
129
views

Ushbu yangiliklar haqida  Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan 13 aprel kungi videoselektor yigʻilishida taʼkidlandi.

1 maydan boshlab yoshlarni ishga qabul qilgan korxona va kompaniyalarga ushbu xodimlar uchun toʻlangan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi.

1 iyundan boshlab esa, “yoshlar daftari”ga kirgan talabalar korxona va kompaniyalarda amaliyot oʻtaganda, ularga 500 ming soʻmgacha subsidiya ajratiladi.

Birinchi marta ishga kirgan kasb-hunar markazi bitiruvchilari 6 oygacha daromad soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.

“Yoshlar daftari”ga kirgan 5 nafardan ortiq ishsizlar bandligini taʼminlagan tadbirkorlarga 1 maydan boshlab davlat mulki ijarasi uchun 50 foizgacha imtiyoz beriladi.

Shuningdek, ijaraga bino olib, oʻz biznesini boshlayotgan yoshlarga, bir yillik ijara summasining 30 foizigacha qismi qoplab beriladi.

gujum.uz

 

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here