Vengriyada yunon-rum kurashi boʻyicha Gran-Pri turniri boʻlib oʻtdi.
Ushbu reyting musobaqasida jahonning turli mamlakatlaridan polvonlar sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib bordilar.
Bahslarda ishtirok etgan oʻzbekistonlik sportchilarning uch nafari shohsupaga koʻtarildi. Yurtimiz sharafini himoya qilgan Ilhom Bahromov oltin medalga sazovor boʻldi. Javohir Mirahmedov bronza medalini qoʻlga kiritdi. Feruz Toʻxtayev kumush medal sohibiga aylandi.
Quvonarlisi, ushbu bellashuv orqali yurtimizning yunon-rum kurashchilari Tokio Olimpiadasi litsenziyasi uchun reyting ochkolarini ishlab olishdi.