Yunon-rum kurashi. Abror Atabayev jahon chempioni!

0
226
marta koʻrilgan.

Xorvatiyaning Zagreb shahrida sport kurashlari boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Yunon-rum kurashi bahslarida -48 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Abror Atabayev 7 iyul kungi hal qiluvchi jangda eronlik Sajjad Abbospuragoniga qarshi gilamga chiqdi va raqibini magʻlubiyatga uchratdi. Ushbu gʻoliblik yosh polvonimizga jahon chempionligini taqdim etdi.

-55 kg vazn toifasida musobaqada ishtirok etgan Amir Sultonov esa bronza medali uchun kechgan jangda Manuel Stoikani magʻlubiyatga uchratdi.

-51 kg vazn toifasida bahslarda qatnashayotgan Lazizxon Oʻzbekov musobaqa davomida Ozarbayjon, Litva, Armaniston kurashchilarini magʻlub etdi va finalga yoʻl oldi. Endi u ertaga oltin medal uchun Laysharam Meyteyga qarshi gilamga chiqadi.

Qayd etib oʻtish lozimki, musobaqa oʻzbekistonlik yosh sportchilar uchun muvaffaqiyatli kechmoqda. Bungacha erkin kurash boʻyicha bahslarda Jamshid Maʼrufov oltin, Shaxboz Komilov esa bronza medalini qoʻlga kiritgandi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.