Yurtimizda koronavirusdan davolanayotganlar soni 3800 nafardan oshdi, 2 nafar bemor vafot etdi
2021 yil 20 may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 97856 (+313) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
14 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
7 nafari Andijon viloyatida,
5 nafari Buxoro viloyatida,
3 nafari Jizzax viloyatida,
3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
3 nafari Navoiy viloyatida,
6 nafari Namangan viloyatida,
36 nafari Samarqand viloyatida,
6 nafari Sirdaryo viloyatida,
6 nafari Fargʻona viloyatida,
1 nafari Xorazm viloyatida,
47 nafari Toshkent viloyatida,
176 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
Qoraqalpogʻiston Respublikasida 8 nafar,
Buxoro viloyatida 2 nafar,
Jizzax viloyatida 8 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
Navoiy viloyatida 2 nafar,
Namangan viloyatida 6 nafar,
Samarqand viloyatida 34 nafar,
Sirdaryo viloyatida 16 nafar,
Fargʻona viloyatida 6 nafar,
Xorazm viloyatida 4 nafar,
Toshkent shahrida 175 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 93339 (+268) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 678 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3839 nafar bemor davolanmoqda.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.