Yurtimizda xalqaro «Boysun bahori» festivali boʻlib oʻtadi

0
303
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 27-29 aprel kunlari Boysun tumanida YUNYeSKO tashkiloti hamkorligida xalqaro «Boysun bahori» festivali oʻtkaziladi, deya xabar beradi Madaniyat Vazirligi matbuot xizmati.

 Bayram arafasida bu yerda 100 dan oshiq oʻtov tikiladi va qoʻrgʻonlar barpo etiladi. Kurashga alohida joy tayyorlanib, Respublikadan hakamlar taklif etiladi. Shuningdek, arqon tortish, chillak oʻyinlari, varrak va shar uchirish, xoʻroz va qoʻchqor urishtirish hamda boshqa turdagi milliy oʻyinlar uchun alohida tayyorgarlik ishlari boshlab yuborilgan. Bayramga 50ga yaqin elchi kelishi ham kutilmoqda.

Bu yil mehmonlar sonining ikki barobar koʻpayishini inobatga olib, xorijliklar uchun diqqatga sazovor joylarga sayohat uyushtirish, ikkinchi massiv yoʻllarini ochish va eski yoʻllarni taʼmirlash, shoh bekatlarda va yoʻllarda «Boysun bahori»ga toʻgʻri borish uchun yoʻl belgilarini oʻrnatish, mashina qoʻyadigan joylarni tartibga keltirish, ovqatlanish shoxobchalari, suv va elektr energiyasi taʼminoti masalalariga ham alohida eʼtibor beriladi.

Bayram kunlari festival ishtirokchilariga oʻzbek sanʼatkorlaridan tashqari xorijlik qoʻshiqchi va hofizlar, musiqachilar ham xizmat koʻrsatadi.

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.