Zamonaviy uylar harbiy xizmatchilarga madad boʻladi

0
408
marta koʻrilgan.

Shavkat Mirziyoyev Yashnobod tumani “Olmos” mahalla fuqarolar yigʻinida qurilgan yangi uylarni borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident.uz saytida.  

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 – 2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini samarali amalga oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq bu yerda 48 ta besh qavatli uy bunyod etilmoqda. 

1 ming 440 xonadondan iborat ushbu turar joylar Vatan himoyachilariga topshiriladi. Oʻziga xos harbiy shaharcha boʻladigan ushbu mavzeda bolalar bogʻchasi, maktab, poliklinika va boshqa ijtimoiy obyektlar barpo etiladi. 

Davlatimiz rahbari hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, uylarda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.

Bunday uylarning qurilishi mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlash, Vatan himoyachilarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarning uzviy davomi ekanini taʼkidladi.

Shavkat Mirziyoyev shu yerda huquqni muhofaza qilish organlari mutasaddilari bilan muloqot qildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.