Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaning taklifiga binoan 7-9 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Oliy darajadagi uchrashuvlar Rim shahrida boʻlib oʻtadi. Davlatimiz rahbari Italiya Prezidenti Serjo Mattarella va Bosh vaziri Jorja Meloni bilan muzokaralar oʻtkazadi.
Oʻzbekiston bilan Italiya oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni va ustuvor yoʻnalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi. Xalqaro kun tartibi yuzasidan fikr almashiladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston yetakchisi bosh qarorgohi Italiya poytaxtida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti bosh direktori Syuy Dunʼyuy bilan uchrashuv oʻtkazadi. Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Tashrifning ishbilarmonlik dasturi Milan shahrida boʻlib oʻtadi – Oʻzbekiston Prezidenti Lombardiya provinsiyasi gubernatorini qabul qiladi hamda Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazadi.