Oʻzbekiston Prezidenti Vengriya biznesi bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi

0
91
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 dekabr kuni Vengriyaning eng yirik “OTP” banki boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Oliy darajadagi muntazam uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq Vengriya kompaniyalari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda qoʻshma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi.

Davlatimiz rahbari Shandor Chanini “Ipoteka-bank” aksiyalarining davlat ulushini xarid qilish boʻyicha bitim muvaffaqiyatli yakuniga yetkazilgani va Yevropaning yetakchi bank-moliya instituti Oʻzbekiston bozoriga kirib kelgani bilan samimiy tabrikladi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida, shu jumladan sanoat, qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik va parrandachilik, oziq-ovqat va toʻqimachilik, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish va boshqa sohalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga Vengriya va Yevroittifoqning boshqa mamlakatlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari, oliy taʼlim va professional kadrlar tayyorlashda, shuningdek, aholiga koʻrsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirishda yaqindan hamkorlik qilish muhimligi taʼkidlandi.

Qoʻshma loyihalar va hamkorlik dasturlarini qoʻllab-quvvatlash va ilgari surishga doir birinchi galdagi chora-tadbirlardan iborat “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari huzurida “OTP” banki tomonidan “Ipoteka-bank” aksiyalarining davlat ulushini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.