Oʻzbekiston Prezidentining Qozogʻiston Prezidenti bilan telefon orqali muloqoti toʻgʻrisida

0
164
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 may kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sogʻlik va davlat xizmatidagi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Oliy darajadagi muntazam va samarali muloqotlar Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining jadal rivojlanishi va izchil mustahkamlanib borishiga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Qasim-Jomart Toqayevning joriy yil aprel oyida Oʻzbekistonga amalga oshirgan ilk davlat tashrifi savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi amaliy hamkorlik, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar ochgani alohida taʼkidlandi.

Prezidentlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Suhbat soʻngida davlatimiz rahbari Qasim-Jomart Toqayevga joriy yil 9 iyun kuni boʻlib oʻtadigan Qozogʻiston Prezidenti saylovi muvaffaqiyatli oʻtishini tiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.