Oʻzbekiston va Belarus Prezidentlari «Humo Arena» majmuasida xokkey oʻyinini tomosha qildilar

0
28
marta koʻrilgan.

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizga rasmiy tashrif doirasida poytaxtimizdagi “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Sport majmuasida Belarus yetakchisini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

Muz saroyidagi ushbu uchrashuv chuqur ramziy maʼnoga ega. Aleksandr Lukashenko – xokkey ishqibozi, Belarusda ushbu sport turini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratdi, oʻz ham bir necha bor muz maydoniga tushgan.

Oʻzbekistonda ham sportning qishki turlari, shu jumladan xokkeyni rivojlantirish boʻyicha katta ishlar qilinmoqda. 2019 yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan «Humo Arena» koʻp funksiyali muz saroyi barpo qilingan edi. Toshkentning «Humo» jamoasi xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, xususan, Belarusning Grodno shahri “Neman” klubi bilan bellashib kelmoqda.

Tanishuv chogʻida Prezidentlar Toshkentning “Humo” va Ostonaning “Nomad” xokkey jamoalari oʻrtasidagi uchrashuvni tomosha qildilar. Oʻyin yakunida oliy martabali mehmonlarga ularning ismlari tushirilgan xokkey kiyimi topshirildi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 8 fevral kuni boʻlib oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.