Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar masalalarini muhokama qildilar

0
66
marta koʻrilgan.

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammiti doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara oʻtkazdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlat rahbarlari ikki mamlakat oʻrtasidagi yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.

Oʻzaro savdoni koʻpaytirish, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, toʻqimachilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish boʻyicha, shu jumladan Hukumatlararo komissiya faoliyati doirasida muvofiqlashgan ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Hududlar oʻrtasidagi ishbilarmonlik aloqalari va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston va Tojikiston yetakchilari boʻlajak tadbirlar rejasini ham koʻrib chiqdilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.