Oʻzbekistonda baxshichilik maktab-internati tashkil etiladi

0
300
marta koʻrilgan.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Respublika Baxshichilik sanʼati markazi va uning huzuridagi Baxshichilik sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda baxshichilik sanʼatiga ixtisoslashtirilgan respublika maktab-internatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Milliy sanʼatimiz va madaniyatimizning qadimiy maʼnaviy merosini saqlab qolish, baxshichilik yoʻnalishi boʻyicha yoshlarning ijodiy salohiyatini hisobga olgan holda, ularning intilishlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda roʻyobga chiqarish, baxshichilik sohasi boʻyicha malakali baxshilar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Termiz shahridagi 21-son baxshichilik maktabi negizida baxshichilik sanʼatiga ixtisoslashtirilgan Respublika maktab-internati tashkil etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining maktab-internati uchun 150 oʻrinli yotoqxona va oshxona, 200 oʻrinli konsert zali 8 ta yakka dars xonalarini oʻz ichiga qamrab olgan oʻquv korpusi quriladi.

Qarorning toʻlq matni bilan regulation.gov.uz saytida tanishishingiz mumkin.

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.