Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisida

0
73
marta koʻrilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
 
Mamlakatimizda xotin-qizlarni eʼzozlash, ularning ezgu orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash hamda oʻzining iqtidori, muhim gʻoya va tashabbuslari, ibratli amaliy ishlari va erishgan yutuqlari bilan yoshlarga oʻrnak boʻlib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi oʻzgarishlar jarayonida faol ishtirok etib, Vatanimiz ravnaqi yoʻlida bor kuch-gʻayrati, zamonaviy bilim va malakasi, maʼnaviy-intellektual salohiyatini namoyon etayotgan qizlarimizni munosib ragʻbatlantirish maqsadida:

1. Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini aʼlo xulqi, noyob isteʼdodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, oʻqishdagi muvaffaqiyatlari hamda taʼlim, fan, adabiyot, sanʼat, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi takliflari ilovadagi roʻyxatga muvofiq maʼqullansin.

2. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomlari va koʻkrak nishonlari topshirilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini taʼminlasin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibalarining ibratli faoliyati, ularning noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Gʻ.Mirzayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.Mirziyoyev

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 martdagi PQ–111-son qaroriga ilova

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar  R Oʻ Y X A T I

Xudaybergenova Gulshinar Jangabayevna — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va sanʼat maktabining baxshichilik sinfi oʻqituvchisi

Kokanova Nursuliu Jenisbay qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining chet tillari fakulteti filologiya yoʻnalishi 4-bosqich talabasi

Suleymanova Oʻgʻilxon Abdurazok qizi — Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Andijon viloyati boʻlimi artist-maqomchisi

Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi — Andijon viloyati Xoʻjaobod tumani «Gara guri» mahalla fuqarolar yigʻinidagi yoshlar yetakchisi

Pulatova Mohichexra Temirovna — Buxoro davlat universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti

Toʻxtamishova Gulnora Mels qizi — Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-kasb-hunar maktabining informatika fani oʻqituvchisi

Chilmurzayeva Maftuna Abdumannon qizi — Oʻzbekiston Milliy universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha mustaqil tadqiqotchisi (Jizzax viloyati)

Xojiboqiyeva Niginaxon Oʻtkir qizi — Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yoʻnalishi  3-bosqich talabasi

Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi — Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati)

Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna — Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti

Eshpoʻlatova Mohira Oʻtkirjon qizi -Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻzbek tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi (Navoiy viloyati)

Omonboyeva Meruyert Erkin qizi — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi «Qosimqaji-Meruyert» masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori

Xakimova Dilshoda Oybek qizi — Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi — Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati)

Savadyan Vilana Arsenovna — Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi, badiiy gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi

Yunusova Nargiza Tuychimurod qizi — Samarqand viloyati Tayloq tumani «Qoʻshchinor» gazetasi muxbiri

Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi — Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Irisqulova Kamola Normat qizi — Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yoʻllarini loyihalash va qurish mutaxassisligi boʻyicha 1-bosqich magistranti (Sirdaryo viloyati)

Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi — Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati)

Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna — Roʻzi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatining 11-sinf oʻquvchisi

Tursunboyeva Fotima Botir qizi — Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri opera ijrochisi (Toshkent viloyati)

Xaqnazarova Umida Ural qizi — Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik mutaxassisligi boʻyicha 2-bosqich magistranti

Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi — Fargʻona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish boʻyicha sportchisi

Yoʻldasheva Muxayyoxon Alisher qizi — Fargʻona politexnika institutining qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi

Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi — Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi

Sapayeva Risolat Rustam qizi — Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali xoreografiya fakulteti 2-bosqich talabasi

Tosheva Marjana Rustam qizi — Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining vokal va cholgʻu ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kafedrasi oʻqituvchisi

Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna  — Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya sanʼati fakulteti 1-bosqich talabasi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.