Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilda mamlakatimizda 305 082 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Ushbu raqamlar 2020-yilga nisbatan 8 331 taga koʻpaygan.
Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 15 742 ta
- Andijon viloyati – 26 750 ta
- Buxoro viloyati – 16 937 ta
- Jizzax viloyati – 13 319 ta
- Qashqadaryo viloyati – 30 580 ta
- Navoiy viloyati – 9 229 ta
- Namangan viloyati – 25 022 ta
- Samarqand viloyati – 36 228 ta
- Surxondaryo viloyati – 26 505 ta
- Sirdaryo viloyati – 8 064 ta
- Toshkent viloyati – 25 756 ta
- Fargʻona viloyati – 32 732 ta
- Xorazm viloyati – 15 541 ta
- Toshkent shahri – 22 677 ta. Ushbu raqamlar quvonchlardan darak beradi. Ular ortida qanchadan qancha gulgun goʻdaklar quvonchi mavjud. Izi koʻpayib, Allohim har bir xonadonga, oilaga osoyishtalik, qut-baraka ato etsin.