2022 yilda 3116 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan

0
127
marta koʻrilgan.

2022 yil davomida respublika boʻyicha jami 2965 ta jinoyat ishi boʻyicha 3116 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, deya xabar bermoqda (https://t.me/uzbprokuratura/25616) Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 110 nafari respublika, 264 nafari viloyat va 2742 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar quyidagi jinoyatlarni sodir etgan:

— 2103 nafari oʻzganing mulkini oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish;
— 265 nafari mansab mavqeini suiisteʼmol qilish;
— 243 nafari firibgarlik;
— 169 nafari poraxoʻrlik;
— 51 nafari mansab soxtakorligi;
— 22 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash;
— 14 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish;
— 249 nafari boshqa jinoyatlar.

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 12 mlrd soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Tergov jarayonida ushbu zararning 847 mlrd soʻmi undirilgan.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.