“Afrikancha” shtamm koronavirusning oldingi turlaridan nimasi bilan farq qiladi?

0
217
marta koʻrilgan.

— Koronavirusning “afrikancha” shtammi uning oldingi turlaridan nimasi bilan farq qiladi?

— “Afrikancha” shtammning alohida belgisi boshqa mutatsion shtammlarga nisbatan ogʻirroq kechuvidadir. Koronavirus infeksiyasi organizmga tushganida gumoral immunitet birlamchi ishni boshlaydi, bu shtamm mazkur jarayonga oʻta chidamli boʻlib, gumoral immunitet hujayralari bu shtammni yengishga qiynaladi, natijada virusning organizmni jarohatlash imkoniyati kengayadi.

Mazkur shtammni yuqtirgan odamlarda kasallik birdaniga boshlanib, jadal kechadi va qisqa muddatda oʻpkani katta qismini jarohatlashi mumkin. Shu boisdan ham kasallik boshqa shtammlarga nisbatan ogʻirroq kechadi.

Hozirda “afrikancha” shtamm eng havfli deb tan olingan. Bu shtamm bilan kasallanganlarda koronavirus infeksiyasi ogʻir va oʻta ogʻir darajada oʻtadi. Lekin bu shtamm birlamchi koronavirusga va britancha shtammga nisbatan sekin tarqaluvchandir.

— Bir turdagi vaksinani olgan bemor keyingi bosqichlarda boshqa vaksinani olishi mumkinmi?

— Yoʻq, mumkin emas, koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanayotganlar qaysi vaksinada emlanishni boshlagan boʻlsalar, shu vaksina bilan barcha bosqichlarida emlanishlari kerak.

Vaksinalarni emlash tartibi (yaʼni 2 yoki 3 marta), ular har bir vaksinada turlichadir, bu tartibning saqlanishi aynan shu vaksina yordamida organizmda eng yuqori darajada antitanachalar hosil qilish imkoniyatini beradi.

Biror vaksinani ola boshlab, keyin ikkinchi vaksina bilan emlansa, birlamchi olingan vaksina toʻliq olinmagan boʻlib, u samarasiz emlash deb baholaniladi.

Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.