Agar kasallik qayerdan yuqtirilganligi konkret aniqlanmasa, u holda davolanish xarajatlarini kim toʻlaydi?

0
211
views

AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Botir Qurbonov ishtirokida  oʻtkazilgan brifingda  aholi tomonidan yoʻllangan savollarga javob qaytarildi.

SAVOL: Maxsus komissiya qaroriga koʻra koronavirus aniqlangan bemorning davolanish xarajatlarini u kasallik yuqtirgan muassasa yoki tashkilot toʻlar ekan. Agar kasallik qayerdan yuqtirilganligi konkret aniqlanmasa, u holda davolanish xarajatlarini kim toʻlaydi?

Javob: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining malakali epidemiologlari tomonidan epidemiologik surishtiruv toʻlaqonli olib borilmoqda va har bir aniqlangan kasallik holatining manbasi aniqlanmoqda. Bu jarayonda IIV bilan ham hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.

SAVOL: Agar Oʻzbekiston fuqarosi chet elda boshqa kasallikdan vafot etsa, uning jasadi olib kelingandan soʻng mayit tobut bilan dafn etiladimi yoki islom anʼanalariga muvofiqmi?

Javob: Ushbu holatda xaqiqatda COVID-19 mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etilsa dafn marosimlari odatdagi tartibda amalga oshirilishi mumkin.

SAVOL: Koronavirus info telegram kanalida Bergamo shahrida koronavirusdan vafot etganlar jasadi kuydirilishi haqida maʼlumot oʻqidim. Oʻzbekistonda ham shunday chora koʻriladimi?

Javob: COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan va ushbu kasallikdan vafot etgan bemorlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarining mutaxassislari ishtirokida qatʼiy sanitariya-gigiyena talablari asosida hamda zararsizlantirish olib borilib Islom dini urf-odatlari boʻyicha dafn etilmoqda.

SAVOL: Piskent shahri «qizil» hududga kiritilgani sabab, Olmaliq shahriga Piskent orqali oʻtuvchi yoʻl toʻsib qoʻyilgan. Olmaliq «yashil» hudud boʻlsa ham unga oʻtish yoʻllari yopilishi mumkinmi?

Javob: Karantin talablari boʻyicha qizil hudud va yashil hududlar oʻrtasida xarakatlanish toʻxtatladi, yaʼni «qizil» toifadagi hududga kirish va chiqish taqiqlanadi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here