Agar talabaning imkoniyati yoʻq boʻlsa, oʻz xohishi bilan oʻqishni masofaviy (onlayn) davom ettirishi mumkin

0
288
marta koʻrilgan.

Bu haqda AOKA press-xolida oʻtgan matbuot anjmumanida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bosh boshqarma boshligʻi Abduvali Xoliqov maʼlum qildi:

Oliy taʼlim muassasalari qaysi kursni qachondan boshlash kerakligi boʻyicha toʻliq grafigini tayyorladi. 16 noyabr kuni barcha talabalar yoki barcha kurslar jalb qilinmaydi. Buning imkoniyati mavjud emas. Kurslarning muhimlik darajasi boʻyicha ketma-ketlikda anʼanaviy taʼlimga jalb qilish OTMning oʻzining vakolatida.

Oliy taʼlim vazirligi poytaxtda turib barcha oliy taʼlim muassasalarining imkoniyatlarini aniq belgilab bera olmaydi. OTM imkoniyatini oʻzining rahbariyati yaxshi biladi. Shu uchun bu vakolat rektorlarga berilgan.

Talabalarning imkoniyatlari va OTMning imkoniyatlari birinchi navbatda hisobga olinishi kerak. Har qanday sharoitda ham bugungi kunda talabaning yoki OTM xodimining sogʻligʻini oʻylagan holda amalga oshirishimiz kerak. Har bir oliy taʼlim muassasasi mana shu talabga rioya qilgan holda jarayonni boshlayapti.

 Agar talabalarning imkoniyatlari mavjud boʻlmasa, oʻz xohishi bilan masofaviy taʼlimda davom ettirish imkoniyati bor.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.