AKM faoliyati: aniqlik, tahlil va tezkorlik 

0
479
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazida Toshkent shahridagi mavjud tuman axborot-kutubxona markazlari direktorlari va masʼul mutaxassislari uchun «AKM faoliyatining xisobotlari: aniqlik, tahlil va tezkorlik davr talabidir» mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

AKM lar faoliyati boʻyicha ishlab chiqilgan ish rejalar, Prezidentimiz qarorlari va soxaga tegishli xujjatlar asosida oldimizda turgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish masalalari muhokama qilindi. Darhaqiqat, bnlgilangan vazifalarni toʻlaqonli yaʼni talab etilgan mezonlar asosida, ishonchli va aniq maʼlumotlar taqdim etish alohida qobiliyat talab etadi.

– Har bir AKM rahbari, albatta, oʻz zimmasidagi vazifaga masʼuliyat va jiddiy eʼtibor bilan yondoshmas ekan muvaffaqiiyatga erisholmaydi. Qachonki, davr bilan hamnafas boʻlib, tez va sifatli ish olib borishni oʻz burchi deb bilgan mutaxassis barchaga ibrat va namuna boʻla oladi, – deya tadbirni ochib berdi  AKM direktori H.Q. Karimova.

Shuningdek, Axborot-kutubxona markazlari faoliyatining xisobotlarini tayyorlashda xato va kamchiliklar, notoʻgʻri raqamlar baʼzi TAKMlarda muntazam kuzatilishini taʼkidlab, ularni bartaraf etish va oldini olish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.

 Seminarda «Bilim» AKM direktor oʻrinbosarlari hamda xizmat rahbarlari va tuman rahbarlari bilan asosan keng kitobxonlar ommasiga koʻrsatilayotgan xizmatlar, soxaga tegishli meʼyoriy xujjatlarning ijrosiga qaratilgan haftalik, oylik, choraklik va yillik hisobotlar jadvalini oʻz vaqtida, toʻgʻri hamda sifatli topshirish boʻyicha  hisobot jadvallari asosida alohida mashgʻulot oʻtkazildi.

Maxsus tayyorlangan slaydlar asosida har bir tumanlardan keltirilgan ilovalar toʻgʻrisida birma-bir maʼlumot berib oʻtildi. Seminarda  TAKM mutaxassislari  hisobot jadvallarini toʻldirishga oid kutubxona xizmati koʻrsatishning barcha yoʻnalishlari boʻyicha koʻnikmaga ega boʻldilar.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilar oʻzlari uchun kerakli boʻlgan savollarga javob oldilar. Ishonamizki, malaka oshirish maqsadida oʻtkazgan tadbirimiz TAKM mutaxassislarini taxliliy xisobot tayyorlashdagi faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi. Tashkilotimiz xodimlarining  deyarli 80 foizi yoshlar boʻlib, ularning malaka koʻnikmasini shakllantirishida  seminarimiz munosib xizmat qiladi.

Venera MURATOVA, Toshkent shaxar Bilim AKM direktor oʻrinbosari 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.