Alisherjon, buyuk adashing haqida nimalarni bilasan?

0
146
marta koʻrilgan.

 Buyuk bobomiz Alisher Navoiyning hayoti, asarlari oʻquvchilarimiz uchun katta ibrat boʻlish bilan birga biz pedagoglar uchun ham katta saboqdir. Allaomaning asarlarini oʻqib oʻrganganimiz sari yangi- yangi gʻoyalar tugʻiladi

 Darslarimda allomalar haqida muntazam gapirib beraman. Masalan, Alisher ismli oʻquvchim bilan birga “Alisher, bolajonim, buyuk adashing haqida nimalarni bilasan?” mavzusida dars  oʻtganman. Ushbu darsni Alisherning oʻzi bilan tayyorladim. Va u mashgʻulot boshlovchisi boʻldi. Mashgʻulot  boshqacha tarzda oʻtganligi sababli oʻquvchilarim qunt bilan tinglashdi va Alisherning savollari orqali ular ham faol qatnashdilar.

Bu yilgi tavvalud kuniga esa, uydan olib kelgan kitoblarimni shogirdlarim bilan oʻqib,  fikrlashib, maslahatlashib birgalikda tayyorladik. Oʻquvchilardan fikr soʻraganim, maslahatlashganim ularni ruhlantirdi.

Har biri mavzuni oʻzi uchun oʻzi tanladi. Bu gal uch nafar oʻquvchi  boshlovchi boʻlishdi. Savolni ham oʻzlari tuzishdi, javobni ham oʻzlari topishdi. Masalan biri shunday savol berdi: Alisher Navoiyning haykali Toshkentdagi qaysi bogʻda joylashgan? U haqida gapirib beringchi. Agar sinf oʻquvchilari savolga javob bera olmasa,  savol tuzgan bolaning oʻzi javob beradi. Ularning qiziqishini koʻrib, men ham quvondim. Nega desangiz oʻquvchilarimda kitobga havas, buyuk allamolarimizga mehr-muhabbat uygʻota oldim deya oʻylab, oʻz ishimdan mamnun boʻldim.

Zumrad Yoʻldasheva,

 Urganch tumanidagi 36-son umumtaʼlim maktabi

  boshlangʻich sinf oʻqituvchisi

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.