“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy yordam koʻrsatiladi

0
141
marta koʻrilgan.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga sayyor qabullar orqali huquqiy yordam koʻrsatiladi.

Quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha koʻmaklashiladi:

Prokuratura organlari — huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xotin-qizlarga amaliy yordam koʻrsatish, sudga murojaat qilish tartibini tushuntirish, sudga murojaat qilish uchun kerak boʻladigan hujjatlarni rasmiylashtirishga koʻmaklashadi.

Ichki ishlar organlari — tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni ushbu tahdidlardan himoya qilish, takroriy zoʻravonlik sodir etilishining oldini olish maqsadida profilaktik suhbatdan oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etgan shaxsni tuzatish dasturidan oʻtish boʻyicha vakolatli organga yuborish, himoya orderi talablarining ijrosini nazorat qilish hamda uning talablarini buzib zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan vakolati doirasida chora koʻradi.

Adliya organlari — huquqiy maslahatlar berishda yordamlashadi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.