“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy yordam koʻrsatiladi

1
558
marta koʻrilgan.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tasdiqlangan roʻyxatlar asosida bir martalik moddiy yordam beriladi.

Ushbu bir martalik moddiy yordamni toʻlash uchun bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari (summasi) koʻrsatilgan roʻyxatni tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga taqdim etadi.

Bir martalik moddiy yordam toʻlovlari har oyning 5 — 27-sanalarida amalga oshiriladi.

Bir martalik moddiy yordam bir kalendar yili davomida bir marotaba beriladi.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan I va II guruh nogironligi boʻlgan xotin-qizlar, shuningdek, qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi bor yolgʻiz onalarga qoʻshimcha moddiy yordam berish choralari koʻrib boriladi.

GUJUM.UZ

Yoyish

1 mulohaza

  1. Men 2 gurux nogironiman 4 toifada turaman ammo bir martalik moddiy yordam olmadim maxalladagi xotin kizlar bulimi mutaxassisi bir oilada 2 kishiga moddiy yordam berilmaydi dedilar, VM 145- karorini ukib chikdim ,bunaka joyini ukimadim kurmadim , maxalla xotin kizlar bulimi osmondan olganmi bu suzni bilmadim yoki bizni lox kilmokchimi , tushuncha berilar kimga ishonaylik uzi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.