“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga tibbiy xizmat koʻrsatiladi

0
105
marta koʻrilgan.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga  shuningdek, ularning qaramogʻidagi farzandlariga tibbiy yordam koʻrsatish zarurati aniqlanganda, I guruh nogironligi boʻlgan bolalarining yoshidan qatʼi nazar ularning salomatligi hududiy birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasidan shifokor jalb qilingan holda baholanadi.

Oʻrganish natijasiga koʻra tibbiy yordam koʻrsatish zarurati aniqlanganda, belgilangan tartibda tegishli birlamchi tibbiy — sanitariya muassasasiga yoʻnaltiriladi va statsionar yoki ambulator davolanish masalasi hal etiladi.

Tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifaga kiradigan viloyat yoki respublika darajasida davolanishi lozim deb topilgan xotin-qizlar, shuningdek, ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlari belgilangan tartibda elektron navbatga qoʻyilishi taʼminlanadi.

Nogironlik belgilari aniq namoyon boʻlgan bemorlar belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtish uchun Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalariga yuboriladi.

Shuningdek, dori-darmon olib berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha hamda murakkab jarrohlik amaliyotlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdordagi xarajatlar toʻlab beriladi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan yoki surunkali kasalliklarga chalingan ehtiyojmand xotin-qizlarning va (yoki) ularning voyaga yetmagan (qaramogʻida I guruh nogironligi boʻlgan farzandlarining yoshidan qatʼi nazar) farzandlarining, shuningdek, lozim boʻlganda I guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga hamrohlik qiluvchining Oʻzbekiston Respublikasining boshqa hududida joylashgan tibbiy muassasalarga davolanish uchun borish-kelish yoʻl xarajatlari toʻlab beriladi.

Bunda xotin-qizlar yoʻl xarajatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tegishli tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimiga taqdim etadi.

Yoʻl hujjatlari mavjud boʻlmaganda, yoʻlkiraga haq toʻlash har bir kilometrga bazaviy hisoblash miqdorining 0,08 foizi miqdorida amalga oshiriladi.

Bemorni maxsus transport vositasida tibbiy muassasaga yetkazish lozim boʻlgan taqdirda, yoʻl xarajatlarini toʻlab berish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmasi xulosasi olinadi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.