“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va oʻzini oʻzi band qilish uchun zaruriy asbob-uskuna, mehnat qurollari xaridiga subsidiya ajratiladi
Xotin-qizlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari (tikuvchilik, toʻqimachilik, pazandachilik, soch turmaklash, duradgorlik, chilangarlik, qurilish, qishloq xoʻjaligi (motokultivator, oʻt oʻrish oʻroq mashinasi, payvandlash apparati, oʻsimliklarga ishlov berish qurilmasi) va boshqa sohalarda ishlatiladigan mehnat qurollari va apparatlarini xarid qilish uchun 7 million soʻmgacha yoki 10 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi.
Tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanishga ham koʻmaklashiladi.
Xotin-qizlarga tomorqadan va dehqonchilikdan daromad manbai sifatida foydalanish uchun koʻmaklashish quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi: yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish; parranda, asalari, quyon, baliq va bedana boqishni yoʻlga qoʻyish; dehqonchilik bilan shugʻullanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va sotish ishlarida har tomonlama koʻmaklashish; “Tomorqa xizmati” tashkilotlari va “Dala doʻkonlari”ni tashkil etishga koʻmaklashiladi.