“Ayollar daftari”ga kiritilganlarga tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida necha foizli  kreditlar beriladi?

0
40
marta koʻrilgan.

Tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish quyidagi yoʻnalishlarda amalga oshiriladi:

1) oʻquv kurslarini tashkil etish orqali tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagini bildirgan va xotin-qizlarning tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga koʻmaklashiladi;

2) tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish uchun kreditlar 33 million soʻmgacha miqdorda ajratiladi.

Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, shaxsiy ehtiyoj uchun avtotransport vositasi sotib olishga, maʼmuriy xarajatlarni toʻlashga, jumladan, avtotransport vositasining taʼminoti, mebel, aloqa xizmatlari toʻlovi va uyali telefon sotib olishga hamda taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Kreditlar 14 foizlik stavkada:

  • oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish istagini bildirgan xotin-qizlarga — 3 oydan 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
  • chorvachilik (chetdan keltirilgan naslli qoʻy va echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yoʻnalishi) uchun — 1 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
  • bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xoʻjaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun — 3 yilgacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga ajratiladi.

Oʻzini oʻzi band qiladigan xotin-qizlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 mln soʻmgacha miqdorida kredit mablagʻlari naqd pulda berilishi mumkin.

Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan taʼminlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga 225 million soʻmdan ortiq, biroq 1 milliard soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin.

Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan taʼminlanadigan har bir xotin-qiz uchun 33 million soʻmgacha miqdorga mutanosib ravishda belgilanadi.

R. SAʼDULLAYEV, huquqshunos

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.