«Baxtli hayot sari» kitobidan foydali maslahatlar

0
58
marta koʻrilgan.

 Salomatligimiz bilan uygʻunlashgan qadriyatlarimiz boʻlmish xalqona  maslahatlar. Biz ularni «Momolarimizning bilgani bilgan» degan boʻlardik.  Chunki, buvijonlarimizdan ushbu maslahatlarni koʻp bora eshitganmiz.

1. Haddan ziyod asabbuzarlik umrni qisqartiradi.
2. Oyoqni chalishtirib oʻtirish oyoq uchun zararli. Buning ustiga oʻta odobsizlik sanaladi.
3. Vodoprovoddan qaynamagan suv ichmang.
4. Hansirab kelib, suyuqlik ichmang, ovqat ham yemang, yurakka yuk boʻlmasin.
5. Nonning kuygan qismi zararli hisoblanadi. U asta-sekin insonning butun aʼzolarini zaharlab, umrini qisqartiradi.
6. Issiq kunlarda yaxdek sovuq, salqin ichimliklar sogʻliq uchun oʻta zararli. Yaxshisi, issiq shirin choy iching. Shunda quvvat tez tiklanadi.
7. Muzqaymoqni surunkasiga har kuni isteʼmol qilish bolalarning ham, kattalarning ham asabiga ziyon yetkazadi.
8. Oʻta toʻyib ovqatlanish nafas olishni qiyinlashtiradi, yurakning tez urishiga olib keladi.
9. Har kim kuniga bittadan koʻp non isteʼmol qilsa, salomatligiga zarar yetadi.
10. Asal bilan yongʻoqni hech qachon birga tanovul qilmang.
11. Yangi ovqatga eski ovqatni aralashtirish aslo yaramaydi: taʼmi buziladi, hazm boʻlishi qiyinlashadi.
12. Ovqatlangan zahoti uyquga yotmang. Oradan kamida 1-1,5 soat vaqt oʻtsin.
13. Ovqatlanish orasi 3-4 soatga farqlanishi lozim. Bu vaqt ichida hazm jarayoni oson kechadi. Oshqozon xastaliklarining koʻpi notoʻgʻri ovqatlanishdan kelib chiqadi.
14. Asal issiq choyda, issiq suvda kuyadi. Yaxshisi uni iliq choyga yoki iliq suvga aralashtirib iching.
15. Boshingizdan sira oʻta issiq suv quymang, chunki u koʻzni xiralashtiradi.
16. Kechqurun toʻyib ovqatlanish vahimali tush koʻrishga sabab boʻladi.
17. Choyni, suyuq ovqatlarni doim iliq holda iching. Chunki issigʻi nafas yoʻllarini, qiziloʻngachni kasal qiladi.
18. Koʻk choyni och qoringa koʻp ichish koʻngilni aynitadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.