BOLALAR NAFAQASI OLISH UCHUN OILANING NEChA OYLIK DAROMADI XISOBLANADI?

0
104
marta koʻrilgan.

SAVOL; Bola puli olish uchun oilaning necha oylik daromadi xisoblanishi kerak?

JAVOB; Vazirlar Mahkamasining 654-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan bir oylik oʻrtacha daromad bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olish uchun murojaat qilingan oydan oldingi oygacha boʻlgan oxirgi uch oyi uchun hisoblab chiqilgan barcha oila aʼzolarining daromadi summasini oila tarkibiga kiritiladigan oila aʼzolari soniga va uchga boʻlish orqali aniqlanadi.

Yaʼni, bolalar nafaqasi chiqishi uchun daromad xisoblashda siz qaysi oyda ariza bergan boʻlsangiz oʻsha oydan 4 oy orqaga qaytiladi va oʻsha 4 oydan birinchi uch oy olinadi. Masalan, shu fevral oyida ariza bersangiz yanvar oyi xisoblanmaydida unday oldingi 3 oy, yaʼni dekabr, noyabr xamda oktyabr oylaridagi daromadingiz xisoblanadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.