Bolani otasiz tarbiyalashning qiyinchiliklari

0
704
marta koʻrilgan.

Savol.  Men yolgʻiz ayolman. Bolamni otasiz tarbiyalash qiyin kechayapti. Qanday tarbiyalasam  farzandlarim oʻksinmasdan voyaga yetadi?

Javob: Baʼzi oilalarda asosan bola tarbiyasi bilan onalar  shugʻullanadi. Ayniqsa,  yolgʻiz onalarning har qadamida muammolar chiqib turadi.  Bunday paytda nima qilish kerak.

 Bolalar oilada ota-onalarining hissiy kechinmalarini tezda sezish xususiyatiga ega. Onaning jahildorligi, asabiyligi, befarqligini farzand tezda sezadi. Shuning uchun onalar xissiy kechinmalarini va asabiylashish tuygʻularini toʻgʻri boshqarishlari bola tarbiyasiga ijobiy taʼsir etadi.

Ona va bola hech qachon jamiyatdan ajralib qolmasligi kerak.  Ona va bola faqat  oʻzaro munosabat boʻlsa, ijtioiy muhitdan uzoqlashsa bola “onasining oʻgʻli” boʻlib qoladi.

Buning ayrim sabablari bor. Onaning bolani “har xil guruhlarga qoʻshilib ketishi” yoki yomon xulqli bolalarni taʼsiriga tushib qolishidan haddan ortiq bezovtalanishi uning ijtimoiy muhitdan ajralib qolishiga olib keladi.  

Natijada, oʻgʻil bolada ayollik xususiyatlari shakllanadi.  Uning ijtimoiy muhitga kirishish xususiyati pasayadi, shuningdek, erkaklarga xos xususiyatlar- qattiqqoʻllik, jasoratlilik kabi fazilatlar yetishmaydi. Bu esa juda xavflidir.

Qadrli onalar bunda bolaga ijtimoiy muhitga kirishishga yordam bering. Ularga erkinlik bering! Lekin nazoratni  esdan chiqarmang. Har qadamidan xabardor boʻling. Oʻzi va oʻrtoqlari bilan muntazam muloqatda, hamsuhbat boʻling. Buning uchun vaqtingizni ayamang.

Orif Avlayev,

ToshDAU   “Oʻzbek tili, pedagogika

va psixologiya” kafedrasi dotsenti

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.