Bugun bolajonlarni quvonchiga quvonch ikki karra qoʻshiladi. Birinchidan, xalqaro bolalar kuni! Saylgohlar bolalarning quvonchlariga toʻla. Ikkinchidan, oila va bolalar hayotiga daxldor bir qator qonun hujjatlari kuchga kiradi.
Oʻzbekistonda 1 iyundan boshlab kuchga kirgan qonun hujjatlaridagi normalar:
Tugʻruqxonalarda ota-onalarga farzandining tugʻilishi FHDYo organlarida qayd etilganligi toʻgʻrisida QR kodli maʼlumotnomalar beriladi.
Harbiy xizmatchilarning bolalariga bogʻchadan bepul joy, shuningdek, kollej va oliy oʻquv yurtlarida oʻqish uchun imtiyozlar beriladi.
Tadbirkorlarga kechayu kunduz savdo va xizmatlar koʻrsatishga ruxsat beriladi.