“COVID-19”ga qarshi emlash jarayoniga tayyorgarlik ishlari nihoyasiga yetmoqda

0
115
marta koʻrilgan.

Oʻzbekistonda aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlarini kamaytirish maqsadida COVID-19 ga qarshi emlash tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish ishlari yakunlanmoqda.

Bu haqda Sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev quyidagilarni soʻzlab berdi:

— COVID-19 bilan kasallanishda xavf osti guruhiga mansub toʻrt milliondan ortiq aholi qatlamini birinchi navbatda emlash tadbirlari uchun COVAX dasturi doirasida 660 ming doza AstraZeneca hamda Xitoy va Oʻzbekiston olimlari xamkorligida yaratilgan 1  million doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalari keltirildi.

Bundan tashqari, COVAX doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 million doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 million doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalarini mamlakatimizga keltirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaksinasi xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolanmoqda.

Shu bilan birga, ayni paytda Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi tomonidan yana qoʻshimcha AstraZeneca vaksinasini xarid qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.