Davlat statistika qoʻmitasi: Har yuz oʻzbekistonlikda 44ta avtomobil bor

0
233
marta koʻrilgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Aholi turmush darajasini baholashda tanlanma kuzatuvlarning oʻrni” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi.

Tadbirda Davlat statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Mahmudjon Ziyadullayev va boshqarma boshliqlari ishtirok etishdi.

Anjumanda qayd etilishicha, aholining turmush darajasi va farovonligini oʻrganish maqsadida davlat statistika organlari tomonidan har yili uy xoʻjaliklarida tanlama usulda kuzatuvlar oʻtkaziladi.

2018 yil uy xoʻjaliklari kuzatuvi natijalariga koʻra, Internet tarmogʻiga ulanish imkoniyati mavjud uy xoʻjaliklarining ulushi 80,9% ni tashkil etdi. Internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta shaxslarning ulushi 55,2% ni, ulardan erkaklar 60,4% ni,  ayollar esa 50,2% ni tashkil etmoqda. Yuzta uy xoʻjaligida televizorlar – 155 ta, elektr changyutgichlar – 55 ta, kir yuvish mashinalari – 81 ta, sovutgich va muzlatgichlar – 103 ta, shaxsiy kompyuterlar – 52 ta, yengil avtomobillar – 44 ta, konditsionerlar – 35 ta, mobil telefonlar – 262 taga toʻgʻri kelmoqda.

Anjumanda shuningdek, mutasaddilar jurnalistlarning goʻsht isteʼmoli borasidagi savoliga ham javob qaytardilar. Qoʻmita boshqarma boshligʻi Jahongir Yoʻldoshevning maʼlumot berishicha, oʻzbekistonliklar bir yilda oʻrtacha 43,2 kilogramm goʻsht va goʻsht mahsulotlarini isteʼmol qiladi.

«Bu koʻrsatgich kam yoki koʻp ekani haqida biror narsa deya olmayman. Ammo aholining goʻsht isteʼmoli qoʻshni Tojikiston yoki Qirgʻizistondan koʻproq. Ammo Rossiya, Qozogʻiston, Ozorboyjon va boshqa Boltiqboʻyi davlatlari aholisiga nisbatan kamroq goʻsht isteʼmol qilamiz», — dedi Yoʻldoshev.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.