Dolzarb mavzu: Karantin cheklovlari natijasida 500 mingga yaqin fuqaro xorijda ishlash uchun rejalashtirgan joylariga keta olmagan

0
109
marta koʻrilgan.

Bu haqda bugun AOKA huzuridagi shtabda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Maryam Abdukarimova ishtirokida boʻlib oʻtgan brifingda maʼlum qilindi.

SAVOL: Pandemiya tufayli koʻpchilik chet davlatlarga ishlash uchun keta olmay qoldi. Ularga yordam koʻrsatish uchun Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi tomonidan qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

JAVOB:  Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligidan olingan maʼlumotlarga koʻra, pandemiya davrida joriy qilingan karantin cheklovlari natijasida 500 mingga yaqin fuqaro xorijda ishlash uchun rejalashtirgan joylariga keta olmagan. ⚡️Ulardan 76 ming fuqaro mehnat organlari tomonidan ish bilan taʼminlandi. Jumladan, 68 ming fuqaro haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. Ularning ish haqi toʻlovi Jamoat ishlari jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtirib berildi. Shuningdek, Bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasidan subsidiyalar ajratish orqali 6,5 ming fuqaro, shundan 4 mingga yaqin fuqaro shaxsiy tomorqalarida va 2,6 ming fuqaro kooperativlarga aʼzo sifatida biriktirilib, bandligi taʼminlandi.

SAVOL: Ishsiz qolgan fuqarolarni asosan qayerlarga ishga joylashtirilmoqda?

JAVOB:  Ishsiz qolgan fuqarolarni egallagan kasbi va mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashga koʻmaklashilmoqda. Masalan, turli hududlarda istiqomat qiluvchi ishsiz qolgan malakali quruvchilarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga 4 ming 500 nafar fuqaro ishga jalb qilindi.

SAVOL: Aholi bandligini taʼminlash va tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari boʻyicha aniq maʼlumot berib oʻtsangiz?

JAVOB:  Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining (TIKA) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda respublikaning chekka hududlarida aholi bandligi taʼminlash, oilalar daromadini oshirish va kasb-hunarga oʻqish istagida boʻlgalarni hunarmandchilikka oʻqitish borasida kelishuvlar amalga oshirildi. 

Koreya Hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda «Jizzax viloyatining Mirzachoʻl tumanida aholi bandligi va biznes-startaplarni hudud potensialini mustahkamlash yoʻli bilan takomillashtirish» loyihasi (2020-2022 yillarga moʻljallangan) ni amalga oshiriladi.  

Kanada elchixonasi mablagʻlari hisobidan Sirdaryo viloyatida xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirish maqsadida «Makaron va non mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etish» loyihasi, «Goʻzallik saloni» tashkil etish loyihasi, «Tikuvchilik  sexi» tashkil etish loyihasi hamda «Xotin-qizlarni hunarmandchilikka oʻqitish markazi»ni tashkil etish loyihasi amalga oshiriladi. Buning natijasida 110 ta yangi ish oʻrni yaratiladi va 1500 nafar xotin-qizlar hunarmandchlikka oʻqitiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.