Hukumat qarori bilan Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasiga oʻzgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar beradi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga muvofiq, mehnatga haq toʻlashning 1-, 2- hamda 3-razryadlari koeffitsiyentlari 2,476, 2,725, 2,998 dan tegishlicha 2,847, 2,997, 3,148 ga oshirildi.
Kiritilgan qoʻshimchalar shuni anglatadiki, xodimlarga toʻlanadigan ish haqining eng kam miqdori 501 ming 959 soʻmdan 577 ming 172 soʻmga oshirildi.
Endilikda, Oʻzbekistonda 577 ming 172 soʻmdan kam oylik ish haqi toʻlanishi mumkin emas.