Farzandlar tez-tez  bir-biri bilan urishsa…

0
196
marta koʻrilgan.

Savol: Meni 3 nafar oʻgʻlim bor. Ular maktabga va bogʻchaga borishadi. Faqat kechki payt  barchamiz uyda boʻlamiz, lekin shunga qaramay, farzandlarim tez-tez urishishadi. Ularga bu ishi notoʻgʻri ekanligini aytsam ham boʻlmayapti. Nima qilsam boʻladi? Darhaqiqat, bu savol koʻpgina ota-onalarni oʻylantiradi.

Har bir masalaning  yechimi uning sababida boʻlib, bir-biri bilan boʻlishish koʻnikmalari shakllanmaganligidandir.

Boʻlishishni oʻrgatish uchun avvalo «seniki meniki» koʻnikmalarini shakllantirish kerak boʻladi. Soʻng uning buyumlarini soʻrab olish bilan namuna boʻlish kerak. Agar bola uning narsalarini soʻrab olishayotganini koʻrishsa, hurmat qilishayotganini sezishsa, oʻzi ham boshqalarning shaxsiy buyumlarini soʻrab olish kerakligini tushinishadi. Bu munosabat bolani oʻzgani  hurmat qilishga va muomilaga oʻrganadi.

 Ota-ona bolalarni teng koʻrmasliklari yoki adolatsizlik  qilishlari ham ularning urishqoqligiga sabab boʻladi. Oilada faqat bir bola maqtalib, eʼtirof etilishi, faqat bir tomon doim gap eshitishi, doim bir farzandning yoni olinishi bolalar bir-birlariga raqobatchidek qabul qilishlariga sabab boʻladi. Shu sababli ota-ona har ishda adolatli boʻlishga harakat qilish kerak.

Ota-onalar ham  bir-biriga eʼtiborli, mehribon va mulozmatli boʻlishi kerak. Bu esa eng asosiysi, garchi qush inida koʻrganini qiladi, degan matal bejiz emas.  Yana shirin narsalarni teng boʻlib yeyishni odatga aylantirish kerak, biror aʼzosi uyda boʻlmasa unga atab olib qoʻyish koʻnikmasini ham  shakllantirish kerak.  Dasturxon atrofida oʻtirganda birinchi boʻlib oilaning kattalari, undan keyin bolalarning yoshiga qarab  ovqatga qoʻl choʻzish  kerakligini ham oʻrgatish kerak. Bu ham bir-biriga  mehribon boʻlishiga va bir-birini hurmat qilishiga turtki boʻladi.

GUJUM. UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.