Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan.
Hayotimiz qomusi boʻlgan Konstitutsiyamiz mustaqillik yillarida erishgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevoridir.
Konstitutsiyamiz Muqaddima va 6 boʻlim hamda 128 bobdan iborat, Unda quyidagi boʻlimlar mavjud: Birinchi boʻlim: Asosiy prinsiplar. Ikkinchi boʻlim: Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. Uchinchi boʻlim: Jamiyat va shaxs. Toʻrtinchi boʻlim: Maʼmuriy-hududiy va davlat tuzilishi. Beshinchi boʻlim: Davlat hokimiyatining tashkil etilishi. Oltinchi boʻlim: Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibi.
Aynan Konstitutsiyamizga tayanib, bundan besh yil oldin mamlakatimizda Harakatlar strategiyasi qabul qilindi. Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha keng koʻlamli islohotlarni boshlandi. Oʻtgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy manzarasi butunlay oʻzgardi. Erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga yoʻllangan tabrigida oltinchi boʻlimda belgilangan yaʼni Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish tartibiga asosan juda koʻplab fikr mulohazalar bildirdi va takliflar berdi.
– Birinchidan, ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyilini “inson – jamiyat – davlat” deb oʻzgartirish, uni milliy qonunchiligimiz va huquqiy amaliyotimizda mustahkamlash zarur. Ikkinchidan, iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini taʼminlash bosh mezon boʻlishi kerak. Bu – xalqparvar davlat barpo etishning eng muhim shartidir, – deya taʼkidladilar mamlakatimiz Prezidenti.
GUJUM.UZ