Savol: Mehnat shartnomasi bekor qilinganda, xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadimi?
Javob: Ha. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda, xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Xodim bilan ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga binoan mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimning xohishiga koʻra, yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlari bekor qilinishi mumkin. Bunda taʼtil tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.
Yanada toʻliqroq maʼlumot olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksini oʻqib chiqing. Barcha kodekslar, qonunlar, rasmiy qarorlar bilan LEX.UZ sayti orqali tanishishingiz mumkin.
Ravshan SAʼDULLAYEV, Toshkent shahar Mirobod tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi