Homilador ayollar uchun ish joyida qanday imtiyozlar mavjud?

0
1869
views

 Oʻzbekiston Respublikasi  Mehnat kodeksining 226-moddasida Homilador ayollarni yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkazish belgilangan.

Masalan, tibbiy xulosaga muvofiq, homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat koʻrsatish normalari kamaytiriladi yoki ular avvalgi ishlaridagi oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkaziladi.

Shuningdek,  homilador ayolga yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillari taʼsiridan holi boʻlgan ish berish masalasi hal etilgunga qadar, u ana shu sababdan ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda ishdan ozod etilishi lozim.

Ravshan SAʼDULLAYEV, huquqshunos

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here