“Ilmiy-tadqiqot instituti rahbari: Oʻzbekistonda GMO mevalar yoʻq, lekin sabzavotlar boʻlishi mumkin”  maqolasiga munosabat

0
720
marta koʻrilgan.

Tahririyatdan: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida mamlakatimizning dolzarb muammolariga bagʻishlangan  matbuot anjumani oʻtkazilishi anʼanaga aylandi. Jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olmoqdalar. Masalan, navbatdagi mutaxassislar bilan jurnalistlarning  uchrashuvida GMO mahsulotlari masalasi koʻtarildi.

Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori  Dilorom Yormatova ushbu fikrga  oʻzining munosabatini bildirdi.

Olimlar taʼkidlaganidek, bizning mamlakatimiz xududiga GMO mahsulotlarini kiritish qonun bilan man qilingan. Menimcha bu juda-yam toʻgʻri. Ammo bizning dalalarimizda GMO urugʻlari ekilib, ular bizda yuqori hosil berayotganiga mutlaqo shubha yoʻq. 

 Aslida GMO bu nima degani- oʻsimlik, hayvon va mikroorganizmlarga mutlaqo boshqa tur organizmning genlarini kiritishdir. Natija olingan yangi organizmlar hashoratlarga, kasalliklarga, zambrugʻ, viruslarga yoki qaysi maqsadni koʻzlab GMO ishlari olib borilgan boʻlsa shu yoʻnalishda bexato ishlaydi.

GMO mahsulotlar sohasida dunyo olimlari ikki xil fikrda. Bir guruh olimlarning aytishicha,  GMO mahsulotlar inson organizmiga taʼsir koʻrsatib keyingi avlodlarda uning geni oʻzgarishi mumkin. Ikkinchi guruh olimlarnng fikricha GMO mahsulotlari inson organizmiga mutlaqo taʼsir koʻrsatmaydi. GMO mahsulotlar  1991 yilda boshlab ishlab chiqilmoqda. Mana, oʻttiz yilga yaqin vaqt oʻtdi-ki, bu bahslar barham topgani yoʻq.

 Mahmud Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbari Yoʻldosh Saidnazarovning “Oʻzbekistonda irsiy oʻzgartirilgan mevalar yoʻq, sabzavotlar boʻlishi mumkin” degan  fikrlariga toʻla qoʻshilaman.

 Respublikamizga fermerlar yoki tabdirkorlar Isroil davlatidan sabzavotlarning urugʻini keltirishadi. Bu davlatda GMO mahsulotlarini eng yangi texnologiya yoki biotexnologiya deb, maqtashadi. Isroildan keltirilgan sabzavotlar, albatta, GMO boʻladi, pomidor urugʻlari yoki koʻchatlarini ayrim tadbirkorlar olib kelishmoqda. 

Yevropa mamlakatlari GMO mahsulotlariga mutlaqo qarshi, ular oʻz xududiga GMO mahsulotlarini olib kirayotgan AQSH davlatiga maxsus GMOning kod raqamlarini qoʻydirganlar. Masalan, PLU-kodda oddiy sabzavotlarda 5 raqam boʻlsa narx va etiketkasida, transgen mahsulotlar kodida raqamlar 8 dan boshlanadi.

AQSH davlatida barcha oziq — ovqat mahsulotlarida GMO mahsulot mavjud, ammo ularda “ organik yoki tabiiy” tamgʻasi boʻladi, tabiiy mahsulotlar biroz qimmat narxda sotiladi. Shuning oʻzi ham tabiiy mahsulotlar afzalligini koʻrsatib turibdi.

Jahon kezishni, xorijlik safdoshlarim bilan muloqat qilishni xush koʻraman. Dunyoda yurtimizning meva va boshqa mahsulotlarining qadri baland yuradi. Bu bilan hamisha faxrlanaman. Aslini olganda bizdagidek shirin mevalar  hech qayerda yoʻq. Ana shuni asrab qolishimiz kerak.

Dilorom Yormatova, professor

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.