Ilmiy-tadqiqot instituti rahbari: Oʻzbekistonda GMO mevalar yoʻq, lekin sabzavotlar boʻlishi mumkin

0
392
marta koʻrilgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori ijrosini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidanjurnalistlar bilan muloqot boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida qiymati 700 mln dollardan koʻp boʻlgan  780 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingani maʼlum qilindi.

—Bugungi kunda dunyo bozorida asosiy talab gilos, oʻrik, olxoʻri kabi bogʻdorchilik mahsulotlarimizga boʻlmoqda, — dedi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi rahbari Nasriddin Najimov. — Oʻzbekistonda  269,5 ming gektar bogʻlar boʻlib, shundan 118 ming gektarini (44%) olma bogʻlari tashkil etadi. 2019 yilning 1 iyul holatiga koʻra, 17 ming tonna gilos, 8,3 ming tonna shaftoli, 50 ming tonna oʻrik, 15 ming tonna olxoʻri eksport qilindi.

Jurnalistlar muloqot davomida mamlakatimiz hududida irsiy muhandislik yoʻli bilan yetishtirilayotgan (GMO) mahsulotlar bor-yoʻqligi haqida savol berildi.

— Oʻzbekistonda irsiy oʻzgartirilgan mevalar yoʻq, sabzavotlar boʻlishi mumkin”, — dedi akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti rahbari Yoʻldosh Saidnazarov.

Nasriddin Najimovning bu masalaga aniqlik kiritib taʼkidlashicha, tarkibida GMO — genetik modifikatsiya qilingan organizmlar boʻlgan mahsulotlar va ularning urugʻi, koʻchati ham amaldagi qonunga muvofiq Oʻzbekiston hududiga kiritilishi taʼqiqlangan. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.